Samarqandda yarim asrlik qayrag‘ochlarni kesib tashlaganlar javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 50-55 yillik qayrag‘och daraxtlarini noqonuniy ravishda kesib tashlanganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bir guruh fuqaro tomonidan 9 tup sog‘lom va 1 tup quvragan qayrag‘och daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilishi oqibatida tabiatga 774,6 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

O‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, Bulung‘ur tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro S.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Bulung‘ur tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand daraxtlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made