Britaniya qiroli saraton tashxisidan so‘ng ilk bor davlat vazifalariga qaytdi

Olam

image

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligidan davolanib, davlat vazifalariga qaytdi. Bu haqda monarx devonining bayonotida aytiladi.

Charlz III va uning rafiqasi qirolicha Kamilla London shifoxonasidagi Macmillan saraton markaziga tashrif buyurgan va u yerda bemorlar-u, shifokorlar bilan uchrashgan. 

"Ushbu tashrif davomida qirol Cancer Research kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan shifoxonadagi erta tashxis qo‘yishga asoslangan ba’zi innovatsion tadqiqotlarning muhimligini ta’kidlagan", deyiladi Bukingem saroyining xabarida.

Bundan tashqari, qirol saraton bilan kasallanganlarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya tashkilotining homiyligini o‘z zimmasiga olgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 26 yanvar kuni Charlz III prostata bezi kattalashgani sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandi. Bu muolaja davomida Charlzga saraton kasalligi tashxisi qo‘yilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya qiroli Charlz III da saraton aniqlangani haqida xabar bergandik. Shundan so‘ng, bir necha siyosatchilar, jumladan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Charlz III ga maktub yozib, uning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.  Mahalliy nashrlar Britaniya qiroli tojni merosxo‘ri shahzoda Uilyamga topshirish rejasini ishlab chiqayotgani va bu qirolning saroydan bosh olib ketgan kenja o‘g‘li shahzoda Garridan sir saqlanayotganini yozdi

Shundan so‘ng, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning o‘limi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bukingem saroyi esa bunday xabarlarni rad etdi


Maqola muallifi

Teglar

London Britaniya Charl'z III

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made