Tinchlik sulhidan so‘ng “Tolibon“ qancha tinch aholini o‘ldirgani aytildi

Olam

image

“Tolibon“ harakati tarafdorlari fevral oyi oxirida AQSH bilan bitim imzolangandi. Ushbu bitimdan so‘ng ham harakat Afg‘onistonda 2 804 ta hujumni amalga oshirdi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kengashi vakili Javid Faysal ma’lum qildi.

“Joriy yilning mart oyining boshidan 19 apreliga qadar “Tolibon“ tomonidan 2 804 ta hujum amalga oshirildi. Hujumlar natijasida 789 tinch aholi halok bo‘ldi va yaralandi. “Tolibon“ kuniga o‘rtacha 55 ta hujumni amalga oshirdi“, deydi Javid Faysal.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujumlar mamlakatning turli hududlarida amalga oshirilgan. Ushbu muddatda Afg‘oniston harbiy kuchlari va Afg‘oniston Maxsus xizmati qo‘shinlari mamlakatda antiterror qo‘shma amaliyoti amalga oshirildi.

“Bu davrda 2737 tolib jangchisi o‘ldirilgan yoki yaralangan“, deydi Afg‘oniston Xavfsizlik Kengashi vakili.

Eslatib o‘tamiz, 29 fevral kuni Dohada AQSH va “Tolibon“ o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, afg‘onlararo maslahatlashuvlar 10 martda boshlanishi kerak edi. Ishonchni mustahkamlash choralari doirasida afg‘onlararo muzokaralar boshlangunga qadar 5000 ga yaqin toliblar va radikallar tomonidan ushlab turilgan mingga yaqin odam ozod qilinishi shart edi. Hozircha yuqoridagi talablarni ikki tomon ham to‘liq bajarmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing