O‘zbekiston “Tolibon” bilan 44 mln dollarlik savdo shartnomasi imzolash arafasida

Jamiyat

image

"Tolibon" delegatsiyasining O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi doirasida mahalliy korxonalar tomonidan qariyb 44 mln dollarlik shartnoma imzolashga kelishildi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston kelgusida Afg‘onistonga eng ko‘p talab qilinadigan tovarlar: qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika mahsulotlari va qurilish materiallari kabi mahsulotlarni eksport qiladi.

"Shuningdek, samarali muzokaralar natijasida qo‘shni davlatning 18 ta yetakchi kompaniyasi vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Afg‘oniston Ishbilarmonlar kengashini tuzishga kelishib olindi. Kengashning ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, ular uchun o‘zaro munosabatlarning yangi platformalarini yaratishga, shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini Afg‘onistonga eksport qilish hajmini oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda yordam beradi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2024 yil holatiga ko‘ra, Afg‘onistonda doimiy aholi soni 34,9 million nafarga yetdi. Import bozori 7 milliard dollarni tashkil etadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” O‘zbekistonga yangi elchi tayinlagandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made