Futzal: Jahon kubogi yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi

Sport

image

Tailand mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi o‘z poyoniga yetib bormoqda. Bugun, 26 aprel kuni shu yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Jahon kubogining Osiyo mintaqasi uchun saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Saralash o‘yinlarida Osiyo kubogi chorak finalida O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lgan Vetnam qo‘shni Qirg‘iziston bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi saralash o‘yinida esa afg‘onistonlik futzalchilar Iroqdan 5:3 hisobida ustun keldi.

Endi 28 aprel kuni Afg‘oniston-Qirg‘iziston bahsida Jahon kubogining Osiyo mintaqasidan to‘rtinchi yo‘llanma egasi aniq bo‘ladi. Umumiy hisobda Osiyodan Jahon kubogida mezbon O‘zbekistonni ham hisoblaganda 5 ta jamoa ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, bugun o‘zbekistonlik futzalchilar qit’a birinchiligi final yo‘llanmasi uchun Eronga qarshi bahs olib borishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qirg'iziston Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made