Afg‘onistonda 3 kun ichida suv toshqinlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Oxirgi 3 kun ichida Afg‘onistonning turli viloyatlarida suv toshqinlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumatining tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligi matbuot kotibi mulla Xanan Saik bayonot berdi.

Saikning aytishicha, mamlakatning Hirot, Sar-e Pol, Ferah, Lag‘mon, Nuriston va Xost kabi 14 viloyatida toshqin sodir bo‘lgan. 3 kun ichida suv toshqinlari oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 140 ta uy vayron bo‘lgan, 2 mingdan ortiq hayvonlar yo‘qolgan.

Afg‘onistonda qorning erishi, ob-havoning isishi, kuchli yog‘ingarchilik va infratuzilmaning yetarli darajada yo‘qligi oqibatida suv toshqinlari qurbonlar va mulkiy yo‘qotishlarning ortishiga olib kelmoqda. Mamlakatda har yili yuzlab odamlar shu sababdan vafot etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston suv toshqinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made