Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjonni ogohlantirdi

Olam

image

Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida Tog‘li Qorabog‘da to‘rt nafar tinch aholi halok bo‘lgan va o‘nlab odamlar yaralangan. Bu haqda Armanistonning inson huquqlari bo‘yicha ombudsmani Arman Tatoyan bugun, 29 sentyabr jurnalistlarga ma’lum qildi. 

"Ozarbayjon Qurolli Kuchlari maqsadli ravishda fuqarolik nishonlariga va tinch aholiga zarba beryapti. Men Arsax Ombudsmani (tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi – tahr.) bilan doimiy aloqadaman. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jangovar harakatlar boshlanganidan beri to‘rt nafar tinch aholi vakillari vafot etdi, shuningdek, o‘nlab yaradorlar bor”, deydi u. 

Shuningdek, Armaniston Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ozarbayjon qurolli kuchlari Armaniston shimolidagi Vardenis shahrida joylashgan harbiy qismga ham zarba bergan.  

"Ozarbayjon qurolli kuchlari Armaniston Respublikasi Qurolli Kuchlari Vardenis harbiy qismiga qarata o‘q uzdi, shuningdek havo kuchlaridan foydalanganildi",  deydi Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi. Uning qayd etishicha, Ozarbayjon shu yo‘l bilan o‘zining keyingi harakatlarini oqlash uchun zamin tayyorlamoqchi bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, Armaniston Qurolli Kuchlari Ozarbayjon harbiylarining harakatlariga javoban uzoq masofaga zarba berish tizimlaridan foydalanishga o‘tmoqchi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan aytib o‘tdi. 

"Erta tongdan boshlab Ozarbayjon Qurolli Kuchlari butun front chizig‘i bo‘ylab hujum qilish uchun og‘ir olovli TOS-1, RSZO "Smerch" va boshqa tizimlardan foydalanmoqda. Armaniston Qurolli Kuchlari Ozarbayjonni uzoq masofaga zarba berish tizimlaridan foydalanishga o‘tishdan boshqa iloj yo‘qligi haqida ogohlantiradi”, deydi u. 

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ayni vaqtda aksariyat mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ikki tarafdan o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatib, muzokaralar stoliga qaytishni so‘ramoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

419

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing