Moskvadagi teraktga aloqadorlikda gumonlangan yana bir tojikistonlik hibsga olindi

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida uyushtirilgan teraktga aloqador yana bir shaxs hibsga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Gumonlanuvchi Tojikiston fuqarosi Muhammad Zoir Sharipzoda “uyushgan guruh tarkibida odam o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakatini sodir etish”da ayblanmoqda. Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga binoan Muhammad Zoir Sharipzodaga nisbatan 2024 yil 22 mayga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi.

Ma’lumot uchun, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”ning konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. ISHIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda. FXX dastlab teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 11 kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Hibsga olinganlardan to‘rt nafari bevosita jinoyatchilar bo‘lgani haqida xabar berildi. FXX 31 mart kuni Dog‘istonda terakt tayyorlashda gumon qilingan to‘rt nafar xorijlikni qo‘lga oldi. Hibsga olinganlardan biri terakt ishtirokchilariga qurol va pul berganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskva sudi "Krokus" konsert zaliga hujum qilishda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi Yoqubjon Yusufzodani hibsga olgandi. Keyinchalik FXX xodimlari Moskva, Yekaterinburg va Omsk shaharlarida teraktga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar shaxsni qo‘lga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva terakt Krokus Siti Holl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made