Moskvada YeOII sammiti boshlandi (video)

Olam

image

Bugun, 8 may kuni Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 10 yilligiga bag‘ishlangan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yil tashkilotga Armaniston raislik qilmoqda. Sammitga Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlari va Armaniston Bosh vaziri tashrif buyurdi.

YeOII yetakchilarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuviga hozirda ittifoqda kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston va Kuba Prezidentlari ham ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, YeOIIning birinchi sammiti roppa-rosa to‘qqiz yil avval – 2015 yil 8 mayda Moskvada bo‘lib o‘tgan. O‘shandan beri ular yiliga kamida bir marta o‘tkazildi, tashkilot o‘z ishini boshlaganidan beri Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining 21 ta yig‘ilishi, shu jumladan 6 ta videokonferentsiya orqali o‘tkazildi.

Joriy sammit Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 10 yilligi arafasida bo‘lib o‘tmoqda: hujjat 2014 yil 29 may kuni Ostona shahrida Belarus, Qozog‘iston va Rossiya tomonidan imzolangan. Bugungi kunda YeOIIga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva EOII

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made