“Zulfiya” mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Jamiyat

image

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotining 2026 yilgi sovrindorlari ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqdagi qarorga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzo chekkan.

Ushbu qarorga ko‘ra, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlaydi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev zimmasiga yuklanadi.

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

  1. Indira Qaniyaz qizi Satniyazova - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  2. Dilnoza Nurulla qizi Erimbatova - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich magistranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  3. Moxlaroy Muxtorjon qizi Umurzoqova - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)
  4. Muslimaxon Mirzabaxrom qizi Abduqqahorova - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)
  5. Mehriniso Husniddin qizi Ergashova - Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)
  6. Vazira Hamidovna Fayzullayeva - Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)
  7. Visola Behzodovna Tursunova - Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)
  8. Muhsina Orif qizi Jo‘raboyeva - O‘zbekiston Milliy universitetining tabiiy geografiya kafedrasi kabinet mudiri (Jizzax viloyati)
  9. Marjona Shuxrat qizi Murodova - Bojxona institutining xalqaro hamkorlik bo‘limi inspektori (Qashqadaryo viloyati)
  10. Latofat Bahrom qizi Amirova - Erkin ijodkor, shoira (Qashqadaryo viloyati)
  11. Mashhura Fazliddin qizi Qudratova - Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati)
  12. Laziza Nabijon qizi Haydarova - Navoiy davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)
  13. Xushnozaoy Toxirjon qizi Ergashova - M.Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli balet artisti (Namangan viloyati)
  14. Gulshanoy Shuhrat qizi Ismoilova - O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
  15. Amaliya Parvizovna Mamedova - Samarqand shahridagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati)
  16. Mohigul Umir qizi Tohirova - Samarqand davlat universitetining amaliy psixologiya kafedrasi assistenti (Samarqand viloyati)
  17. Zulxayo Ulug‘bek qizi Mingboyeva - Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)
  18. Olimaxon Yusufjon qizi Maxmudova - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi sozandasi (Sirdaryo viloyati)
  19. Nodira Jo‘rabekovna Ibrohimova - Toshkent shahridagi “Shkola 21” nodavlat ta’lim muassasasi loyiha rahbari (Surxondaryo viloyati)
  20. Gulhayyo O‘ktam qizi Shokirova - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 1-bosqich magistranti (Surxondaryo viloyati)
  21. Gulhayo Baxodir qizi O‘ralova - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2-bosqich tayanch doktoranti (Toshkent viloyati)
  22. Parizod Jasurbek qizi Xolmuhammedova - Yuqori Chirchiq tumanidagi 24-bolalar musiqa va san’at maktabining badiiy kashtachilik o‘qituvchisi (Toshkent viloyati)
  23. Dilafruzxon Sardorjon qizi Jo‘raboyeva - Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri (Farg‘ona viloyati)
  24. Dilafruzxon Salohiddin qizi Sobirova - Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Farg‘ona viloyati)
  25. Mohinur Odilbek qizi Quronboyeva - Urganch davlat tibbiyot institutining katta o‘qituvchisi (Xorazm viloyati)
  26. Shahzoda Do‘smet qizi Do‘smetova - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Xorazm viloyati bo‘limi maqom xonandasi (Xorazm viloyati)
  27. Anastasiya Olegovna Saranseva - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)
  28. Sevinch Sanjar qizi Mavlonova – “Yangi O‘zbekiston” universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent shahri).

Maqola muallifi

Teglar

Zulfiya mukofoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing