Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari aniqlandi

Jamiyat

image

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda mo‘’tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-sonli va «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 2 fevraldagi 
PF-5325-sonli Farmonlariga asosan: 

1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi 
Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin. 

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin. 

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin. 

4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin. 

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T.Norboyeva zimmasiga yuklansin. 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti                                       Sh.MIRZIYOEV 
Toshkent shahri, 
2019 yil 2 mart 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 2 martdagi
PQ-4218-sonli qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar 

R O‘ Y X A T I

Kaipnazarova Sapura Jalgasbay qizi   –   Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi 

Tuliyeva Sarvinoz Abdulla qizi   –   Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali qoshidagi To‘rtko‘l akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi 

Muxtorjonova Xusnigul Nodirbek qizi   –   Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi 

Tojiddinova Oygul Foziljon qizi   –   Andijon viloyati Izboskan tumanidagi «Aygul-tekstil» ishlab chiqarish sexi boshlig‘i 

Ostonova Sevaraxon Said qizi   –   Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi 

Istamova Dilafro‘z Oybek qizi   –   Toshkent davlat yuridik universitetining 2-bosqich talabasi (Buxoro viloyati) 

Yo‘lchiyeva Zuhra Ummatqul qizi   –   O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi 

Umarova Sabina Sulton qizi   –   Jizzax davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi
 
Alisherova E’zoza Jamshid qizi   –   Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi 

Shukurova Mohigul Boqiyevna   –   Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati) 

Abdullayeva Ruxsora Sobirovna   –   Navoiy davlat konchilik institutining 4-bosqich talabasi 

Kuvatova Gulbonu Murodullayevna   –   O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Konimex tumani Kengashi bosh mutaxassisi (Navoiy viloyati) 

Abdulxamidova Gulshodabegim Kamoliddin qizi   –   Namangan san’at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi 

Ismanova Azizaxon Maxammadali qizi   –   O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati) 

Rasulova Hilola Komil qizi   –   Samarqand shahridagi 
51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi 

Qanoatova Madina Rafiq qizi   –   Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi 

Ergasheva Shoxista Alijon qizi   –   O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 1-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati) 

Zulfiqorova Azizaxon Bahodir qizi   –   Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi 

Astanakulova Kamilla Shuxratovna   –   Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 
10-sinf o‘quvchisi 

Aliqulova Dildora Shuhrat qizi   –   Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 
11-sinf o‘quvchisi 

Sherzodova Xulkar Sherzod qizi   –   Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent viloyati) 

Osipova Svetlana Valerevna   –   Toshkent viloyati Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 3-bosqich o‘quvchisi 

Qurbonova Moxidil Ulug‘bek qizi   –   Farg‘ona davlat universitetining 
1-bosqich talabasi 

Ro‘ziboyeva Parizoda Murodali qizi   –   Farg‘ona viloyati Qo‘qon pedagogika kollejining 3-bosqich o‘quvchisi 

Otaboyeva Dastagul Azimboy qizi   –   Xorazm viloyati Urganch san’at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi 

Masharipova Zumrad Quchqorboyevna   –   Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 

Umarova Nigoraxonim Nu’monjon qizi   –   Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining 3-bosqich talabasi 

Asadova Dilnoza Jovliyevna   –   R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 9-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing