“Zulfiya” mukofoti sovrindorlari aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining 2023 yilgi sovrindorlari ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqdagi qarorga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzo chekkan.

Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlaydigan bo‘ldi.

“Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin”, deyiladi qarorda.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi;

Samandarova Barno Tozaboy qizi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Abdukarimova Feruza Ulug‘bek qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);

Muxtarxo‘jayeva Durdona Mutalibjon qizi - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi (Andijon viloyati);

Aminova Niginabonu Baxriddinovna - Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti (Buxoro viloyati);

G‘ayratova Gulzoda San’at qizi - Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi;

Anvarbekova Charos Anvarbek qizi - Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati);

Shokirova Samira Salohiddin qizi - Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi;

To‘rayeva Ma’mura O‘ral qizi - Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi;

Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi;

Raxmatova Dildora Ismat qizi - Navoiy viloyati Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi;

Abdulazizova Nigora Muhammadjon qizi - Namangan davlat universitetining 4-bosqich talabasi;

Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);

Xudoyorova Farangiz - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi;

Ergashova Baxora Sayfillo qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri (Samarqand viloyati);

Abduolimova Zarnigorxon Alisher qizi - Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi;

Obidova Hilola Ilhomjon qizi - Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Beton sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining o‘rinbosari;

Ilmatova Rinata Rinatovna - Termiz davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti;

Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi - Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Isomadinova Go‘zal Zaxriddin qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);

Yo‘ldosheva Nargiza Daston qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);

Jamoliddinova Nodirabegim Baxtiyorjon qizi - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi;

Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi - Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Yusupova Indira Rustamovna - Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi;

Abdullayeva Shirin Baxodirovna - Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 152-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi - Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi;

Prezidentning mazkur qarori bajarilishini nazorat qilish esa O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Umurzakov zimmasiga yuklangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing