Zoyir Mirzayev Angren shahar hokimiga “hayfsan” berdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan bugun, 24 noyabr kuni imzolangan 439-10-0-F/22 sonli farmoyishga binoan Angren shahar hokimi Alisher Raimov “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.  

Farmoyishga ko‘ra, Angren shahar hokimi Alisher Raimov Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori talablariga rioya qilmagani, davlat xizmatchisining kasb etikasini buzgani, mansab vakolatlarini suiste’mol qilib, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgani uchun “hayfsan” intizomiy jazo chorasiga loyiq ko‘rilgan. 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahar hokimi Alisher Raimovga tegishli davlat xizmatchisi uchun nomaqbul so‘zlar, haqoratlar ishlatilgan audioyozuv tarqalgan edi. 

Toshkent viloyati hokimligi Odob-axloq komissiyasining yig‘ilishida ana shu masala ko‘rib chiqilib, tegishli chora ko‘rish uchun viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga taqdimnoma kiritilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 noyabr kuni Xorazm viloyati Shovot tumani hokimi Odilbek Ortiqovga ham viloyat hokimi farmoyishi bilan "hayfsan" berilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing