Zoyir Mirzayevning yana bir o‘rinbosari ishdan olindi
Jamiyat
−
15 Oktabr
12333Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov ham lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Muhiddinov faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlarni qoniqarsiz olib borayotgani uchun lavozimidan bo‘shatilgan.
Erkin Muhiddinov joriy yilning 20 mayidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botir Alimbekov ham lavozimidan ozod etilgan edi.