Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatiga hokim bo‘lishi aytilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 18 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatiga rahbar bo‘lishi kutilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda shu haqda xabar tarqaldi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining amaldagi hokimi Davron Hidoyatov Toshkent shahriga hokim bo‘lishi yoki Vazirlar Mahkamasida ish boshlashi haqida ham ma’lumotlar tarqalmoqda.

QALAMPIR.UZ Toshkent viloyati hokimligi Matbuot kotibi bilan bog‘langanda, hokimyat vakili viloyatda tayinlov bo‘lishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murod Azimov tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing