Zoyir Mirzayev Navro‘z sayillari uchun 620 million so‘m sarfladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Navro‘z bayrami sayillarini tashkil etish uchun 620 million so‘m pul sarfladi. Kecha, 26 mart kuni viloyat hokimining shu haqdagi tegishli farmoyishi imzolangan.  

Hujjatda yozilishicha, viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan viloyat Madaniyat boshqarmasiga Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Navro‘z bayrami sayillarida viloyat badiiy va folklor jamoalari ishtirokini ta’minlash xarajatlari uchun 620 mln (olti yuz yigirma million to‘rt yuz sakson ming) so‘m mablag‘ ajratilgan. 

Mazkur mablag‘larni vaqtida ajratish va to‘lovlarni amalga oshirish Toshkent viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Abdurasul Abdullayev va hokim o‘rinbosari Jamshid Bobojonov zimmasiga yuklatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Zoyir Mirzaev Navro'z

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing