Zoyir Mirzayev 1,3 mlrdga uchta mashina olmoqchi
Jamiyat
−
15 noyabr 2023
14234Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimligi uchun 2 dona, Yuqori Chirchiq tuman hokimligi uchun 1 dona xizmat mashinasi sotib olish uchun byudjetdan 1 milliard 336 million 500 ming so‘m ajratdi. Bu haqda hokimning bugun, 15 noyabr kuni imzolangan 400-10-0-F/23 sonli “Mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi farmoyishida aytib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, ushbu mablag‘lar viloyat mahalliy byudjetining 2023 yil 3 chorak yakuni bilan shakllantirilgan daromadlar rejasinining orttirib bajarilgan qismi hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash Viloyat hokimligi ishlar boshqarmasi (A.Mixmanov) zimmasiga yuklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimi Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo hamda Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi va sovrindorlarini 15 milliondan 70 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlagandi.
LiveBarchasi