“Zomin” sanatoriysi yaqinida o‘rmon yong‘ini boshlandi (video)
3-sahifa
−
01 avgust 2021
15329Bugun, 1 avgust kuni Jizzax viloyati Zomin tumani “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i hududidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 10:40 larda yong‘in haqida xabar tushgan.
Hozirda yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkib chiqib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, dastlabki bo‘linmalar yong‘in joyiga yetib borgan va yong‘inni o‘rab olish ishlari boshlangan. Hodisa tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan yong‘in tog‘ yonbag‘rida boshlangani ko‘rinadi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanadi?
34777
12 mart

Fojia va klip. Ayb kimda?
31912
12 mart