Zoir Mirzayevga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi mukammallashtirilib, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etildi. 

Viloyati hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu lavozimga amalda faoliyat yuritib kelgan O‘tkir Umirovich Bo‘tayev tayinlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Rustam Doniyorovich Yo‘ldoshev – viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining o‘quv metodik ta’minot bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida ishlab kelgan Oybek O‘ktam o‘g‘li Jo‘raqulov – viloyat hokimligi rahbar kotibi lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tayinlov

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar