Zilzilada shifokorlar bemorni o‘z tanasi bilan himoya qildi (video)

Olam

image

Yaponiyaning Yasusiro shahridagi “Kumamoto General Hospital” shifokorlari kuchli zilzila vaqtida operatsiya qilinayotgan bemorni o‘z tanalari bilan himoya qildi. Voqea aks etgan videolavhani “NHK World Japan” e’lon qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, zilzila paytida shifoxonada bir vaqtning o‘zida to‘rtta operatsiya davom etayotgan bo‘lgan. Tarqalgan kadrlarda operatsiya xonasida shiftga osilgan tibbiy jihozlar kuchli tebranayotgani, xonadagi buyumlar esa yerga sochilib ketgani ko‘rinadi.

Shifokorlar operatsiya stolida yotgan bemorni jihozlar qulashi mumkin bo‘lgan holatdan himoya qilish uchun uni o‘z tanalari bilan to‘sib turgan. Shu paytda hamshiralar esa zarurat tug‘ilganda bemor va xodimlarni evakuatsiya qilish uchun yo‘laklarni ochgan.

Kuchli silkinishlarga qaramay, tibbiyot xodimlari vaziyat barqarorlashguncha bemor xavfsizligini ta’minlashda davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyul kuni Yaponiyaning janubidagi Kumamoto prefekturasida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing