Zilzila oqibatida Afg‘oniston va Pokistonda 11 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 21 mart kuni Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “News” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, 44 kishi jarohat olgan. Afg‘oniston sharqidagi Lag‘mon viloyatida esa ikki kishi o‘lgan. 

Shuningdek, Pokiston politsiyasi Svat okrugida 150 ga yaqin odam jarohatlangani haqida xabar bergan. Viloyat shifoxonalari shay holatga keltirilgan.

Manbaga ko‘ra, yer silkinishlari Xayber-Paxtunxvadan tashqari Pokistonning boshqa mintaqalarida, jumladan Peshovar, Lahor, Kvetta, Ravalpindi va Islomobodda ham sezilgan.

Eslatib o‘tamiz,21 mart kuni Afg‘onistonda 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila Toshkent vaqti bilan 21:47 ta O‘zbekistonda ham sezildi. Mamlakatda jarohatlanganlar, qurbonlar va vayronalar aniqlanmadi. Toshkent vaqtida bilan 22 mart kuni soat 00:02 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 4 balli aftershok esa O‘zbekistonda sezilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Pokiston Zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing