Zidandan tortib Mourinogacha. PSJni kimlar boshqarishi mumkin?

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Kristof Galte bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida emas. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati bir ovozdan “Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanni jamoa murabbiyligiga olib kelmoqchi, ammo u bilan kelishuvga erishish qiyin kechishi aytilmoqdi.

PSJ mutasaddilari germaniyalik mutaxassis Yulian Nagelsmann variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Agar Nagelsmann yozgacha birorta klub bilan kelishuvga erishmasa, parijliklar u bilan muzokarlarni boshlashi mumkin.

Klub murabbiyligiga nomzod murabbiylar orasida Antonio Konte, Luis Enrike va hozirda “Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourino ham bor. Yuqorida nomlari keltirilgan murabbiylardan biri mavsum yakunida PSJ murabbiyligiga tayinlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Zinedin Zidan Kristof Galt'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing