Zidan jurnalistdan alohida gaplashib olishni so‘radi

Sport

image

 “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan kecha “Rayo Valekano” va “Jirona” (1:2) o‘rtasidagi Segundaning pley-off bosqichi final o‘yiniga tashrif buyurdi. Fransiyalik mutaxassis u yerga “Rayo” darvozaboni hisoblanadigan o‘g‘li Lyuka Zidanni qo‘llab-quvvatlash uchun borgan.

O‘yindan so‘ng, “Goal” jurnalisti Serjio Kirante Zidanga murojaat qilgan va nima uchun “Real”ni tark etgani haqida so‘ragan. Shuningdek, murabbiy o‘z klubida qo‘llab-quvvatlanmasligi aytilgan ochiq xat yuzasidan ham savol bergan.

Zidan avvaliga jurnalistga e’tibor bermay yurgan, ammo keyinchalik javob qaytargan.

“Sen yana xuddi o‘sha ahmoqona savollarni beryapsanmi? Sening ishing sharmandalik. Men seni taniyman, sen esa, meni taniysan. Bu narsa sen bilan har doim sodir bo‘ladi. Yur, kamerasiz gaplashib olamiz”, degan fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Zidan 2020-2021 mavsumi tugashi bilan "Real"ni tark etdi. U hozircha hech bir klub bilan shartnoma imzolamadi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing