Jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
Jamiyat
−
23 fevral 2021
2079“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun” muhokamaga qo‘yildi. Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, ya’ni, uni biror bir axborotni tarqatishga yoki tarqatmaslikka majburlash maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, jurnalistga yoxud uning yaqin qarindoshiga zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish holatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Bunday holatlarda aybdor bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi chiqarib tashlanib, o‘rniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qo‘shilgandi.
LiveBarchasi