Jurnalistning “fleshka”sini yeb yuborgani aytilgan hokimlik xodimini haqorat qilganlar qamaldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ishtixon tuman hokimi Matbuot kotibiga noo‘rin harakatlar sodir etib, haqorat qilgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Ishtixon tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ishtixon dehqon bozorida joriy yilning 14 iyun kuni MY5 telekanali muxbirlari va Ishtixon tuman hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ilhomjon Boboyev bozordagi holatni o‘rganishgan.

Bozordagi holatni o‘rganish vaqtida 29 yoshli N. va 33 yoshli M. ismli shaxslar jurnalistlar bilan bo‘lgan holatni hamda o‘rtadagi vaziyatni anglamagan holda Ilhomjon Boboyevga nisbatan noo‘rin harakatlar sodir etib, hokimlik hodimining xizmat faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri halal bergan.

Qayd etilishicha, N. va M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik (mayda bezorilik)ni sodir etganligi uchun 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan. 

Ushbu fuqarolarni qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun har bir kunga eng kam oylik ish haqqining 15 foizi miqdorida davlat daromadiga pul undirilishi ham belgilangan.

Xabarda ta’kidlanishicha, ayni paytda odamlarni to‘plash hamda hokimiyat vakillariga nisbatan qarshilik ko‘rsatishda targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda faol bo‘lgan fuqarolar bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ishtixon tuman hokimining 2021 yil 16 iyundagi farmoyishi bilan Ilhomjon Boboyevga hayfsan berilgandi. U 14 iyun kuni tuman dehqon bozorida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlari to‘g‘risida reportaj tayyorlash uchun Samarqandga kelgan MY5 telekanali operatori kamerasi fleshkasini yo‘q qilgan.

Voqea joyida bo‘lganlarning ta’kidlashicha u xotira kartasini og‘ziga solib, chaynab yuborgan. Ammo hokimlik matbuot kotibi kamera fleshkasini olmaganini va uni yutib yubormaganini, bu gaplar asossiz ekanligini aytib o‘tgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing