Jurnalistlar uyushmasi Ishtixonda jurnalist fleshkasi yeb qo‘yilganiga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
16 iyun 2021
8562Avvalroq Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yonib ketgan bozor haqida lavha tayyorlamoqchi bo‘lgan My5 telekanali “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi xodimlarining fleshkasini tuman hokimligi Matbuot xizmati xodimi Ilhom Boboyev sug‘urib olib, og‘ziga solib yutib yuborgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
“Mazkur holat O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qilamiz. Shuningdek, Ishtixon tuman hokimligidan vaziyat yuzasidan tezkor rasmiy ma’lumot berilishini so‘raymiz”, deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirib, vaziyat yuzasidan o‘rganish boshlanganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi