Julianining kaftidagi sir. U Ukrainani ayblamoqda
Olam
−
28 Sentabr 2019
3208AQSH Prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Juliani qo‘lida Ukrainaning 2016 yilda AQSHda o‘tgan Prezident sayloviga aralashganini isbotlovchi dalillar borligini ma’lum qildi.
“Vijdonlilar uchun saboq. Hech qachon miflarga asoslanib birovni ayblamang. Boshqalar 2016 yil o‘tgan saylovlarga Ukraina aralashganiga shubha qilganda, men bu safda bo‘lmagan edim. Men buni bevosita isbotlovchi ma’lumot, videoyozuv va hujjatlarni oldim. Tomosha qiling va kuting!”, deya yozgan Juliani o‘z Twitter sahifasida.
Juliani joriy yilning 26 sentyabr kuni kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSH razvedkasi ayblovlarini “safsata” deb hisoblashini ma’lum qilgan edi. AQSH razvedkasining aybloviga ko‘ra, u AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden va uning oilasini tergov qilish uchun Ukrainaga bosim o‘tkazish sa’y-harakatlariga jalb qilingan.
Avvvalroq, AQSH Maxsus prokuror Robert Myuller Donald Tramp va uning xodimlari 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmagan edi.
LiveBarchasi