Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalovning oilasida og‘ir judolik 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 3 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonni 21 yil boshqargan Qallibek Kamalovning rafiqasi, Jo‘qorg‘i Kenges raisi, senator Murat Kamalovning onasi Lyubov Semyonovna Kamalova 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Lyubov Kamalova 1927 yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. U uzoq yillar davomida oliy ta’lim muassassalarida faoliyat olib borgan.

Lyubov Semyonovna 1949 yilda Qallibek Kamalov bilan turmush qurgan. Ulardan 3 farzand — Polatbek, Murat va Tamara dunyoga kelgan.

Lyubov Kamalovaning umr yo‘ldoshi Qallibek Kamalov hozirda 96 yoshda bo‘lib, u 1959–1963 yillarda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, 1963−1984 yillarda viloyat partiya qo‘mitasining birinchi sekretari, 1984−1986 yillarda Ruminiyaning Konstansa shahrida bosh konsul lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1080

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing