Judda qimmat: Mask Marsni o‘zlashtirish narxini aytdi
Texnologiya
−
04 fevral 2022
11119SpaceX bosh direktori Ilon Mask Lex Fridmanning YouTube podkastida hozirgi sharoitda odamlarni Marsga yuborish trillion dollarga tushishini aytdi.
“Biz Marsni o‘zlashtira olmaymiz, chunki bu hozircha juda qimmat. Ayni damda odamlarni Marsga jo‘natish bir trillion dollarga tushadi. Gap shundaki, bitta raketa yetarli emas, odamlarga tibbiy asbob-uskunalar, aloqa vositalari kerak”, deya aniqlik kiritgan tadbirkor.
Shuningdek, u quyosh energiyasidan foydalanadigan yer osti gidroponik fermalaridan foydalangan holda o‘zini o‘zi ta’minlaydigan koloniya shaharlarini qurmoqchi ekanligini aytdi. Bu esa ekinlar yetishtirish, odamlarga oziq-ovqat yetishtirish uchun sharoit yaratadi.
Mask 5-10 yil ichida Marsga odamlarni qo‘ndirishni rejalashtirayotganini, hozir uning muhandislari kolonistlar va Qizil sayyoraga yuk tashish xarajatlarini kamaytirish yo‘llarini izlamoqda.
LiveBarchasi