Juda og‘ir bo‘ldi – afg‘onistonlik yigit koronavirusdan qanday qutulganini aytib berdi

Olam

image

Vahidulla Hamidi Afg‘onistonda koronavirusga chalingan birinchi bemor hisoblanadi. Ayni vaqtda u sog‘ayib, odatiy hayotga qaytgan. Vahidulla boshidan kechirganlarini Sputnik Afg‘oniston muxbiriga so‘zlab berdi. Qayd etishicha, u koronavirusni Eronga safari davomida yuqtirib olgan. 

“Men besh kunga Eronning Kum shahriga keldim. Hirotga qaytgandan keyin, Kumda koronavirus yuqtirish holati qayd etilganini bildim”, deydi Hamidi.

U ikki kundan so‘ng o‘zini yomon his qilib, shifoxonaga murojaat qilgan.

“Uch kundan keyin shifokorlar menda koronavirus aniqladilar. Shikoforlar menda bu virus borligini aytishganda, ozgina qo‘rqdim, ammo oilam daldasi va shifokorlar yordami tufayli men kasallikni yengdim”, deydi u.

Vahidulla davolanish vaqtida palatada mutlaqo bir o‘zi bo‘lgani sababli kasallik juda og‘ir kechganini tan oldi. Yigit koronavirusga jiddiy e’tibor berish kerakligi, bemorlar esa nima bo‘lsa ham kurashish lozimligini alohida ta’kidladi.

Vahidulla Afg‘oniston barcha aholisini mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 kundan ortiq vaqt karantinda bo‘lgan, yaqinlari bilan faqat oyna orqali muloqot qilgan.

“Shifoxonadan javob berilgandan so‘ng, men yana 10 kun uyda karantinda bo‘ldim, bu og‘ir bo‘lgandi: men hatto farzandimni bag‘rimga bosa olmas edim”, deb qo‘shimcha qiladi afg‘onistonlik.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston koronavirus

Baholaganlar

1620

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing