JSST vakili koronavirus pandemiyasi qachon tugashini ma’lum qildi 

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi 2022 yilning boshida tugashi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge shunday bashorat qildi. 

Klyuge eng yomon ssenariy o‘tib bo‘lganini ta’kidlagan. 

"Biz hozir virus haqida 2020 yil, u endi tarqalishni boshlagan paytdagidan ko‘ra ko‘proq narsa bilamiz", degan JSST vakili. 

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, COVID-19 butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, ammo shu vaqtga qadar o‘rnatilgan cheklovlarga ehtiyoj qolmaydi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 112 mln 691 ming 908 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 2 mln 497 ming 554 nafari esa virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

600

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing