JSST va UNICEF 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqmaslikni tavsiya qilmoqda

Foydali

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarning tibbiy niqob taqishi yuzasidan tavsiya bilan chiqdi. Unda qayd etilishicha, 12 yoshdan oshgan bolalargagina niqob taqishni majburiy etib belgilash mumkin. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalardan esa niqob taqishni talab qilmaslik kerak. 

"5 yoshdan kichik bolalar niqob taqmasliklari kerak. Ushbu tavsiyanoma xavfsizlik nuqtai nazaridan, bolaning umumiy manfaatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan",  deyiladi tavsiyalarda. 

JSST va UNICEF 12 va undan katta yoshdagi bolalarga niqoblardan kattalar bilan bir xil sharoitlarda foydalanishni tavsiya etadilar. Ayniqsa, agar infeksiyaning ommaviy tarqalishi zonasida bola boshqalardan kamida bir metr masofada joylashganligini ta’minlashning iloji bo‘lmasa.  

Tashkilotlarning fikriga ko‘ra, 6 dan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarning niqob kiyishlari kerakligi to‘g‘risidagi qarorda, hududida yuqumli kasallik tarqalishi darajasi, bola niqobni xavfsiz va to‘g‘ri ishlatishga qodirligini hisobga olish kerak. Shuningdek, niqoblarning mavjudligi, ularni muayyan sharoitlarda yuvish (masalan, maktabda yoki bolalarni parvarishlash markazida), bundan tashqari, kattalar tomonidan tegishli nazoratni amalga oshirish va bolaga niqobni kiyishda yordamlashish, yechib olish va xavfsiz kiyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish imkoniyati hisobga olinishi kerak. 

Tavsiyada aytilishicha, 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun niqob kiyish to‘g‘risida qaror qabul qilayotganda, bolani o‘rganish va ruhiy-ijtimoiy rivojlanishi uchun niqob kiyishning mumkin bo‘lgan oqibatlarini hisobga olish kerak. Bu o‘qituvchilar, ota-onalar va tibbiyot mutaxassislari bilan birgalikda baholanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

JSST UNICEF

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing