JSST Turkmanistonni koronavirus bo‘yicha maqtadi
Olam
−
03 may 2020 13295 1 daqiqa
Turkmaniston hukumati mamlakatni koronavirus tarqalishidan himoya qilish uchun jiddiy choralar ko‘rmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Turkmanistondagi vakolatxonasi rahbari Paulina Karvovska ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Respublika hukumati koronavirus pandemiyasining dastlabki xabarlariga o‘z vaqtida javob bergan. Xususan, BMT bilan hamkorlikda Turkmanistonda koronavirus yuzaga kelganda tayyorgarlik va unga javob choralari rejasi ishlab chiqilgan.
Karvovskaning qo‘shimcha qilishicha, Turkmanobod va Turkmanboshidagi karantin muassasalari koronavirus bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida davolash va izolyatsiya qilish imkonini beradi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Turkmanistonda koronavirus infeksiyasi holatlari aniqlanmagan.
Live
Barchasi