JSST: so‘nggi ikki oy ichida koronavirus bilan kasallanish deyarli ikki baravarga oshdi

Olam

image

So‘nggi ikki oy ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar sonining haftalik o‘sishi deyarli ikki barobarga ko‘paygani qayd etildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus bugun, 16 aprel kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu statistika sayyorani pandemiya paytida yuqtirishning eng yuqori darajasiga yaqinlashtiradi. 

Bundan tashqari, JSST rahbari ilgari kasallik keng tarqalishidan saqlanishga qodir bo‘lgan mamlakatlar, bugungi kunda kasallik sonining keskin o‘sishiga duch kelayotganini ma’lum qilgan. 

Gebreyesusga ko‘ra, Papua-Yangi Gvineyada joriy yil boshigacha 900 dan kam kishi COVID-19 ga chalingan, to‘qqizta o‘lim holati aniqlangan bo‘lsa, hozirda mamlakatda 9 300 dan ortiq yuqtirish va 82 ta o‘lim holatlari qayd etilgan. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatining ko‘payishi ketma-ket yettinchi hafta, kasallikdan o‘limning o‘sishi esa ketma-ket to‘rtinchi hafta davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

17

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing