JSST rahbari global iqtisodiyotni tiklash yo‘lini aytdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinalarni dunyo mamlakatlari bo‘ylab halol taqsimlashning imkoni bo‘lmasa, global iqtisodiyot, jahon transport aloqalari tiklana olmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus shunday fikr bildirgan.  

"Vaksinalarni adolatsiz tarqatish nafaqat axloqiy sharmandalik, balki iqtisodiy va epidemiologik nuqtai nazardan o‘z-o‘zini yo‘q qilish hisoblanadi. Virus boshqa joylarda tarqalishda, odamlar o‘lishda davom etsa, savdo va sayohat tizimi tartibsiz bo‘lib qoladi, iqtisodiyotni tiklash vaqti yanada cho‘ziladi", deb tushuntirgan JSST rahbari. 

Ommaviy axborot vositalari dunyoda 510 milliondan ortiq dozada koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarilganini ta’kidlamoqda. 

Shu bilan birga, jadvalga muvofiq, may oyi oxiriga qadar turli mamlakatlar o‘z aholisini emlash uchun COVAX dasturi orqali 238 million doza vaksina olishi kerak. 

Hozirga qadar faqatgina 32 million dozadan ortiq vaksina o‘z manzillariga yetkazilgan. 

Ayni paytga qadar dunyoning 36 mamlakati bir martalik vaksinani ham olmagan, ammo kelgusi ikki hafta ichida ushbu mamlakatlarning 16 tasi COVAX dasturi orqali preparatlarni qabul qilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JSST vaktsina koronavirus

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing