JSST pandemiyaning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qildi
Salomatlik
−
20 iyun 2020
14635Dunyo koronavirus tarqalishida xavfli yangi bosqichga kirdi. Ushbu bayonotni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.
JSST 150 mingdan ortiq yangi koronavirus bilan kasallanish holati to‘g‘risida ma’lumot oldi. Bu rekord darajadagi kunlik ko‘rsatkichga aylandi, deya ta’kidladi Gebreyesus.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi infeksiyalarning yarmi may oyida pandemiyaning markazi deb tan olingan Shimoliy va Janubiy Amerikada bo‘lgan. Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqda yuqumli kasalliklarning katta miqdori qayd etilgan.
JSST rahbari, shuningdek, virus zarur sanitariya sharoitlari va boshqa imtiyozlarga ega bo‘lmagan qochqinlar uchun alohida xavf tug‘dirishini ta’kidladi.
LiveBarchasi