JSST pandemiya davrida yangi yilni qanday nishonlash bo‘yicha tavsiyalar berdi

Olam

image

O‘tgan hafta dunyoda koronavirus infeksiyasining yangi holatlari soni sentyabr oyidan buyon birinchi marta kamaydi. Bu haqda kecha, 30 noyabr kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus ma’lum qilgan. 

“Yevropada so‘nggi haftalarda qabul qilingan qiyin va zarur choralar samarasi tufayli, o‘tgan hafta dunyo bo‘ylab COVID-19 virusi birinchi marta qayd qilingan yangi holatlar sonining pasayishi kuzatildi”, deydi u. 

Bosh direktor ushbu “yangilikni” e’tirof etib, uni “yutuqlarni osongina yo‘qotish mumkin” deb “o‘ta ehtiyotkorlik bilan talqin qilish” kerakligini ta’kidladi. JSST rahbari “dunyoning aksariyat boshqa mintaqalarida” kasallanish va o‘lim soni ko‘payib borayotganini urg‘uladi.

Gebreisusning so‘zlariga ko‘ra, “hozir xotirjamlik vaqti emas”,  ayniqsa, “ta’til davri yaqinlashib kelayotgan paytda”. Shu munosabat bilan u bayram uchrashuvlari va ziyofatlarda odamlarni o‘zi va oila a’zolari, shuningdek do‘stlariga “xavf solmaslikka” chaqirdi. Bosh direktor ta’tilni oila bilan nishonlashni va mehmondorchiliklardan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi. Agar gap bir necha oilalar ishtirokidagi yig‘inlar haqida ketsa, unda bu tadbirlarni ochiq havoda o‘tkazgan ma’qulroq. 

“Odamlar gavjum bo‘lgan savdo-ko‘ngilochar markazlarga borishdan tiyiling, xaridorlar kam bo‘lgan soatlarda do‘konlarga tashrif buyuring va iloji bo‘lsa, Internet orqali xarid qiling”, deb maslahat berdi u. Bosh direktor Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus kelib chiqishini aniqlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirayotganiga ishontirdi. U bu masalani siyosiylashtirmaslikka chaqirdi. 

Tedros Adanom Gebreisus 1 dekabr kuni Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga ishora qilib, “OIV va OITS kasalligi va COVID-19 dan o‘lish xavfini oshirishi mumkinligi to‘g‘risida ba’zi dalillar mavjud”, dedi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Tedros Adanom Gebreisus

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing