JSST odamlarni yana bir bor ogohlantirdi

Salomatlik

image

COVID-19 profilaktika choralarida faqatgina tibbiy niqob bilan kifoyalanish infeksiya xavfini oshiradi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.

“Odamlarda niqoblar yetarli bo‘lishi kerak. Ammo niqobning o‘zi infeksiyadan to‘liq himoya qilmaydi. Agar siz faqat niqob bilan cheklanib, boshqa muhim narsalarga – masofani saqlash, qo‘lni yuvishlikka e’tibor qaratmasangiz, albatta, kasalikka chalinasiz. Niqob ho‘l bo‘lmasligi kerak. Ikki soatdan keyin uni tashlab yuborish zarur, aks holda, siz infeksiya manbaiga aylanasiz”, dedi Vuynovich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom odamlar ham niqob taqishlari va qoidalarga amal qilishlari kerak.

“Agar sog‘lom odam bemor bilan bir xonada bo‘lmasa, u holda niqob lozim emas. Agar u ko‘pchilik ichida bo‘lsa, zarur. Ammo masofa saqlash niqobga qaraganda infeksiyadan ko‘proq himoya qiladi”, deya ta’kidladi ekspert.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing