JSST niqob taqishga doir qoidani qat’iylashtirdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) pandemiya sharoitida tibbiy niqobni binoning ichi va tashqarisida, jumladan do‘kon, maktab va kamida bir metr ijtimoiy masofani saqlash imkoni bo‘lmagan jamoaviy ish joylarida taqib yurish kerak deb hisoblaydi. Bu haqda JSSTning kecha, 1 dekabr kuni e’lon qilingan qo‘llanmasida aytib o‘tilgan.

Ta’kidlanishicha, agar binoda havo aylanishi yaxshi bo‘lmasa, masofa saqlash imkoniyatidan qat’iy nazar niqob taqish kerak. Bu qoidalar katta odamlar va 12 yoshdan katta bolalarga tatbiq etiladi.

JSST 5 yoshgacha bolalarga niqob taqishni tavsiya qilmayapti. 6 – 11 yoshdagi bolalarning niqob taqishi epidemiologik vaziyat, bolaning niqob bilan muomala qila olishi va kattalarning buni nazorat qilish imkoniyatidan kelib chiqiladi.

JSST vakili Margaret Xarrisning bayonotiga ko‘ra, bu tavsiyalar tashkilot qo‘llanmasida niqob taqishga doir eng jiddiy o‘zgarish bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing