JSST koronavirusning yangi shtammini dunyo uchun tahdid deb tan oldi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi shtammiga Omikron (yunoncha O harfi) nomini berdi. Mutaxassislar virusning yana bir turi shusiz ham infeksiya tarqalishiga qarshi kurashayotgan mamlakatlarga tahdid solishi mumkin degan xulosaga keldi. Bu haqda “Reuters” xabar bergan. 

JSST B.1.1.529 virusi bir qator mutatsiyalardan so‘ng organizmdagi oqsil tarkibiga ta’sir qilishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Muammo shundaki, hozirgi vaksinalar bu o‘zgarishda unchalik samarali bo‘lmasligi mumkin. 

Ta’kidlanishicha, virusning ushbu varianti avvalgilariga qaraganda tezroq tarqaladi va ko‘proq odamlarga, shu jumladan ilgari boshqa shtammlarni yuqtirganlarga ham ta’sir qilishi mumkin. Tashkilot barcha mamlakatlarni yangi shtammni o‘rganishga e’tiborni kuchaytirishga chaqirgan. 

So‘nggi haftalarda yangi virus shtammi Botsvana, Belgiya, Isroil va Gonkongda aniqlangan. 

Vaksina yaratuvchi BionTech SE va AstraZeneca yangi shtamm paydo bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan o‘rganayotganliklarini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus omikron

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing