JSST koronavirusning eng xavfli shtammini ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning delta variantini zaif odamlarni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan, juda tez tarqaladigan va potensial xavfli shtamm deb topdi.

Tashkilot sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi ijrochi direktori Mayk Rayanning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning ushbu varianti xavfliroq potensialga ega.

"Chunki bu odamlar orasida tez tarqaladi va ko‘p holatlarda nimjon odamlarning o‘limiga ham olib keladi”, deya tushuntirdi  Rayan.

U dunyo rahbarlarini xayr-ehson qilishga va COVID-19 vaksinalarini tarqatish orqali odamlarni o‘lim xavfidan himoya qilishga chaqirdi.

"Ushbu delta varianti tez tarqaladigan, moslashuvchan va asosan zaif qatlamga yuqadigan shtamm hisoblanadi. Shuning uchun emlashsiz qolgan odamlar bo‘lsa, ularning hayoti yanada xavf ostida turibdi”, deydi Mayk Rayan.

JSST ning COVID texnik yetakchisi Mariya Van Kerxov delta shtammi dunyoning 92 mamlakatiga tarqalishga ulgurganini va bu AQSHdagi barcha yangi holatlarning kamida 10 foizini, Britaniyada esa 60% dan ortig‘ini tashkil qilishini aytdi.

“Afsuski, bizda hali odamlarni virusdan himoya qiladigan vaksinalar yo‘q”, deb qo‘shimcha qildi Van Kerxov.

Joriy yilning 18 iyun kuni JSST delta dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasining dominant variantiga aylanayotganini e’lon qildi. May oyida u buni yuqumli, hayot uchun xavfli va zamonaviy vaksinalarga chidamli "xavotirli variant" deb tasniflagan edi.

“Delta hozirda Yevropada, so‘ngra Qo‘shma Shtatlarda shu yil boshida tarqalgan alfa variantini siqib chiqarmoqda”, dedi Filadelfiya bolalar shifoxonasi vaksinalari bo‘yicha ta’lim markazi direktori Pol Offit.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, delta shtammlari alfa variantiga qaraganda taxminan 60% ko‘proq o‘tkaziladi, bu esa 2019 yil oxirida Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lgan dastlabki shtammga qaraganda yuqumliroq.

Moskva meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya poytaxtida yangi bemorlarning deyarli 90%i delta shtammli koronavirus bilan kasallangan. Gamaleya markazining direktori Aleksandr Gintsburgning ta’kidlashicha, koronavirusning ushbu varianti tezda kasallikning og‘ir shakliga olib keladi.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 21 iyun kuni Bayden ma’muriyati 55 million doza vaksinalar Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlariga yetkizishini bayon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 21 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106847 nafarni tashkil etmoqda. SSV ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 395 kishida koronavirus aniqlangan.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

JSST

Baholaganlar

188

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing