JSST koronavirusning “britancha” shtammi nechta mamlakatda aniqlanganini ochiqladi
Olam
−
14 aprel 2021
3824Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning "britancha"shtammi nechta mamlakatda aniqlanganini ma’lum qildi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 14 kun ichida yana ikkita mamlakatda "britancha" mutatsiyalar aniqlangan.
Shundan so‘ng, VOC 202012/01 shtammlari qayd etilgan davlatlarning umumiy soni 132 taga yetgan.
Bundan tashqari, so‘nggi ikki hafta ichida koronavirusning Janubiy Afrika shtammi ham yana ikkita mamlakatda aniqlangan va ushbu mutatsiya qayd etilgan davlatlarning soni 82 taga yetgan.
Xuddi shu davrda ilgari Yaponiya va Braziliyada qayd etilgan P.1 mutatsiyasining tarqalishi yetti davlatga ko‘payib, u aniqlangan mamlakatlar soni umumiy hisobda 52 taga yetgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda 138 mln 24 ming 148 kishida koronavirus aniqlangan. 2 mln 972 ming 39 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi