JSST koronavirusga oid yaxshi va yomon xabarlarni ma’lum qildi
Olam
−
24 fevral 2021
8631Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi koronavirus holatlari kamayib borayotganini, ammo infeksiyaning yangi mutatsiyalari tarqalishda davom etayotganini ma’lum qildi.
Dunyoda koronavirus aniqlanganlar soni ketma-ket oltinchi hafta kamaygan.
Yakunlangan haftada 2,4 million kishida koronavirus qayd etilgan, bu oldingi yetti kunga nisbatan 11 foizga kam.
"So‘nggi uch hafta ichida yangi o‘limlar soni kamayishda davom etmoqda: o‘tgan haftada 66 mingta o‘lim qayd etildi, bu undan oldingi haftaga nisbatan 20 foizga kam", deyilgan JSST veb-saytida.
Biroq, koronavirusning yangi turlari tarqalishda davom etmoqda.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, "britancha" shtamm 101 mamlakatda (+7), Janubiy Afrika shtammi 51 mamlakatda (+5) va Braziliya shtammi 29 ta davlatda (+8) aniqlangan.
LiveBarchasi