JSST koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishini taxmin qildi

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2021 yil o‘rtalarigacha butun dunyo mamlakatlariga koronavirusga qarshi vaksinalarni katta miqdorda yetkazib berilishidan umid qilmoqda. Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda JSST rasmiy vakili Margaret Xarris aytib o‘tdi. 

Xarrisning ta’kidlashicha, kamida oltidan to‘qqiztagacha vaksina uzoq yo‘lni bosib o‘tgan va uchinchi bosqich sinovlarida turibdi. 

“Sinovlarning uchinchi bosqichi uzoqroq bo‘lishi kerak. Vaksinaning qanchalik samarali va xavfsiz bo‘lishini bilish juda muhim”, deydi Xarris. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir bosqichda xavfsizlikni ta’minlash kerak. Bu borada vaksinani ishlab chiqarish jarayoni cho‘zilib ketgan. Butun dunyoda vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vaqt bilan kurashmoqda. 

"Real vaqt jadvalida biz kelgusi yilning o‘rtalariga qadar keng miqyosli emlashlarni kutmayapmiz", deydi Xarris. 

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Xitoy kabi mamlakatlar koronavirus vaksinasi ustida bosh qotirmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

JSST vaktsina Koronavirus

Baholaganlar

336

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing