JSST koronavirusga qarshi mashhur preparatni samarasiz deb topdi
Salomatlik
−
16 Oktabr 2020
11449Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus bilan kasallangan odamlarni davolashda ishlatiladigan mashhur remdesivir preparatining samaradorligini baholadi. Bu haqda “Financial Times” tadqiqotga asoslanib xabar bermoqda.
Shunday qilib, mutaxassislar preparat COVID-19 dan o‘limni kamaytirishga minimal ta’sir ko‘rsatadi degan xulosaga kelishdi.
“Ma’lum bo‘lishicha, remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir va interferon preparatlarini ishlatgan davolash sxyemalari kasalxonalarda bemorlarning o‘limiga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi”, deya nashr hujjatdan iqtibos keltirgan.
Xususan, preparat davolanish uchun o‘pkani sun’iy shamollatishni talab qiladigan bemorlar sonini kamaytirmadi.
Tadqiqot 11 mingdan ziyod bemorni davolash materiallari bo‘yicha o‘tkazilgan, ammo u hali ham o‘zaro tanishish bosqichidan o‘tmagan. COVID-19 ga qarshi to‘rtta dori vositasi sinovi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Birdamligi” xalqaro ko‘p markazli randomizatsiyalangan klinik tadqiqoti doirasida o‘tkazilgan.
Oktyabr oyi boshida koronavirusga chalingan AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Remdesevir dorinisini qabul qilgandi.
Iyul oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan koronavirusga qarshi yagona umid beruvchi dorini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, virusga qarshi preparatlarni tekshirishda faqatgina remdesivir COVID -19 ga qarshi natija bergan. Uning ta’kidlashicha, ushbu dori shifoxonaga yotqizish sonini kamaytirgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham Remdesevir dori vositasi koronavirusga chalinganlarni davolashda foydalaniladi.
LiveBarchasi