JSST koronavirusdan o‘lim soni oshganini ma’lum qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

So‘nggi bir hafta ichida dunyoda yangi koronavirus infeksiyasidan o‘lim soni 11 foizga oshgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining haftalik hisobotida ma’lum qilingan. 

Bundan tashqari, dunyoda ketma-ket oltinchi hafta koronavirus infeksiyasining yangi holatlari ko‘paygan, so‘nggi bir hafta ichida 4 milliondan ortiq yangi holatlar ro‘yxatga olingan. 

"O‘limlar soni o‘tgan haftaga nisbatan 11 foizga oshdi, 71 mingdan ortiq yangi o‘lim qayd etildi", deyilgan tashkilot xabarida. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikning eng katta o‘sishi Janubi-Sharqiy Osiyoda, ayniqsa Hindistonda, shuningdek Tinch okeanining g‘arbiy mintaqasida kuzatilgan. 

Shu bilan birga, Afrikadan tashqari barcha mintaqalar o‘lim sonining ko‘paygani haqida xabar berishgan. Koronavirusdan o‘lim holati eng ko‘p Janubi-Sharqiy Osiyoda o‘sgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 133 034 420 kishi koronavirus yuqtirgan. 2 886 246 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing