JSST koronavirusdan o‘lganlarning haqiqiy sonini taxmin qildi 

Olam

image

Pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 6 dan 8 milliongacha odam koronavirus infeksiyasidan o‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktorining ma’lumotlar va tahlil bo‘yicha yordamchisi Samira Asma ma’lum qilgan.  

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 30 yanvaridan 31 dekabriga qadar COVID-19 dan 1 million 813 ming 188 o‘lim rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan. 

Biroq JSST o‘tgan yilgi tendensiyalarni ko‘rib chiqqanda, kamida 3 million kishi kasallik qurboni bo‘lgani ma’lum bo‘lgan, ya’ni barcha o‘limlar rasmiy ravishda ro‘yxatga olinmagan.

Shu nuqtai nazardan, JSST mutaxassislarining fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda virusdan o‘limning umumiy darajasi rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tgan ma’lumotlardan kamida 2-3 baravar ko‘pdir. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 856 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan vafot etganlar soni 678 nafarga yetgan. 


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing