JSST: koronavirus manbasi Xitoy bo‘lmasligi mumkin

Olam

image
0:00
0:00
download

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirus dastlab Xitoy tashqarisida tarqalgan bo‘lishi mumkin, degan fikrga kelishdi. Bu haqda "The Wall Street Journal" yozgan.

Mutaxassislar ushbu virus Xitoydan tashqarida paydo bo‘lgan va undan keyin mamlakatga kirib kelgan, degan versiyani ko‘rib chiqmoqda. 

Pekin ham ushbu versiyani qo‘llab-quvvatlagan, ammo G‘arb davlatlari uni ko‘rib chiqishni rad etmoqda. 

JSST, shuningdek, koronavirus Uxan shahridagi Xuanan dengiz mahsulotlari bozoridan tarqalmaganini ham tan olgan. 

JSST bugun, 30 mart kuni mutaxassislar missiyasining Uxanga tashrifi to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qilishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, JSST mutaxassislari joriy yilning 14 yanvar kuni Uxanga tashrif buyurgan. JSST missiyasi tarkibiga Rossiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya, Yaponiya, Gollandiya, Qatar, Sudan, Buyuk Britaniya, AQSH va Vetnamdan kelgan mutaxassislar hamda ularning Xitoydagi hamkasblari kiradi.    

Ma’lumot uchun, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing