JSST koronavirusning kelib chiqishiga aniqlik kiritdi
Jamiyat
−
21 aprel 2020
15382Butun dunyo bo‘ylab 2,4 mln odamga yuqib ulgurgan SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasining manbai hayvonga borib taqaladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari shunday xulosaga keldi, deb xabar bermoqda “Reuters” agentligi.
“Barcha mavjud ma’lumotlar virusning hayvondan tarqalganini va laboratoriya yoki boshqa biror joyda ixtiro qilinmaganini ko‘rsatyapti”, deydi JSST ma’ruzachisi Fadela Chaib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, virus insonga qanday qilib o‘tgani va tarqala boshlagani hozircha noma’lum. Biroq u, avval aytilganidek virusning inson tomonidan yaratilganini rad qildi.
Joriy yilning 17 aprel kuni AQSH razvedkasi virusning Uxandagi laboratoriyada ixtiro qilinishi versiyasini tekshirayotgani ma’lum qilingandi. Xitoy esa koronavirus laboratoriyada ixtiro qilingani haqidagi barcha xabarlarni inkor qildi.
Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirusi lk bor 2019 yilning dekbarida Uxanda qayd etilgandi. JSST virus tarqalishini 11 mart kuni pandemiya deb e’lon qilgandi.
LiveBarchasi