JSST koronavirus bo‘yicha yana bir yaxshi yangilik aytdi 

Olam

image

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni kasallik yuqtirganlar sonidan oshib ketdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi. 

"Jahon miqyosida emlanganlar soni qayd etilgan infeksiyalar sonidan oshib ketdi", degan Gebreyesus. 

Uning ta’kidlashicha, bu yaxshi yangilik bo‘lsa-da, vaksina bilan emlashning to‘rtdan uch qismi 10 ta mamlakatda amalga oshirilgan. 

JSST rahbari 2,5 milliard odam yashaydigan 130 ga yaqin mamlakat hatto vaksinaning birinchi dozasini ham olmaganini ta’kidlagan. 

Avvalroq, ketma-ket uchinchi hafta davomida butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni kamaygani aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

784

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing